AsosiyJamiyat

Chiqindi tashlagan 20ga yaqin xorazmlik jarimaga tortildi

Belgilanmagan joylarni chiqindi bilan bulg‘agan huquqbuzarlar onlayn kuzatuv kameralariga muhrlangan.

'Chiqindi tashlagan 20ga yaqin xorazmlik jarimaga tortildi'ning rasmi

Xorazm viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi holatlar aniqlandi. 

Xususan, Xiva shahri Sangar MFY hududida fuqarolar S.U., A.M., A.B., A.A., I.M., S.M., X.B., Sh.I., X.Sh., Y.I., M.U., V.B., B.D.  tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Shuningdek, Xiva shahar Guliston MFYda A.A. va A.Sh., Urganch shahar "Sanoatchilar" ko‘chasida esa A.A. tomonidan xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilgan. 

Ularga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  Huquqbuzarlarga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi. Shu bilan birga, Urganch shahrida chiqindi tashlagan A.A.hamda Xiva shahrida chiqindi tashlagan A.A.lar BHMning 2 baravari — 680 ming so‘m hamda 3 baravari — 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ma’lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

    Boshqa yangiliklar

    'Yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi'ning rasmi

    JamiyatBugun 17:21

    Yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

    Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

    'Yosh avlod salomatligi yo‘lidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlang!'ning rasmi

    JamiyatBugun 17:05

    Yosh avlod salomatligi yo‘lidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlang!

    O‘zbekiston Ekologik partiyasiga va nomzodlarimizga ovoz bering!

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    JamiyatBugun 16:54

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    '“Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qo‘yiladi'ning rasmi

    JamiyatBugun 16:11

    “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar qo‘yiladi

    Prezidentimiz Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa hamkorlar bilan bunday infratuzilmaviy loyihalar yanada kengaytirilishiga ishonch bildirdi.

    'Markaziy Osiyo jahonga “yashil” energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanadi'ning rasmi

    JamiyatBugun 16:04

    Markaziy Osiyo jahonga “yashil” energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanadi

    Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshchiligida Markaziy Osiyoda “yashil” energiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni taklif qildi.

    'Markaziy Osiyoda suv taqchilligi o‘tkir tus olmoqda'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:57

    Markaziy Osiyoda suv taqchilligi o‘tkir tus olmoqda

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.