AsosiyJamiyat

Yosh avlod salomatligi yo‘lidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlang!

O‘zbekiston Ekologik partiyasiga va nomzodlarimizga ovoz bering!

'Yosh avlod salomatligi yo‘lidagi tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlang!'ning rasmi

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan samarali chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, insonning salomatligi, jamiyat va davlat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan dolzarb masala – tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda iste’molini cheklash va kamaytirish yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z Saylovoldi dasturida ilgari surayotgan takliflar har jihatdan amaliy ahamiyatga ega. Xususan, partiyamizning 2009 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan shaxslarga 2030 yildan boshlab tamaki mahsulotlari sotilishini taqiqlash tashabbusini kelajak avlod salomatligi yo‘lidagi eng muhim qadam, deb hisoblash mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 13-15 yoshdagi 37 mln. nafar o‘g‘il-qiz tamakini u yoki bu shaklda iste’mol qiladi. Yevropa mintaqasida esa 13-15 yoshdagi 11,5 foiz o‘g‘il bolalar va 10,1 foiz qizlar (umumiy hisobda 4 mln. nafar yoshlar) tamaki chekadi. Mutaxassislar 2050 yilgacha sayyoramizda chekish tufayli 450 mln. kishi hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

Shu boisdan ham dunyo mamlakatlarida tamaki mahsulotlariga chek qo‘yishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yoshlarga mo‘ljallangan maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, Yangi Zelandiya 2009 yil 1 yanvarda va undan keyin tug‘ilgan shaxslarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlagan va tartibni buzganlik uchun jarimalar nazarda tutilgan.

Butun dunyoda sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari, siyosatchilar hamda tamakiga qarshi kurashish sohasining faollari ushbu muammoni muhokamalar platformasiga olib chiqmoqda. Siyosiy partiyalar o‘zlarining harakat dasturlariga kiritmoqdalar.

Mamlakatlar hukumatlarini yoshlarni tamaki sanoatining turli nayranglaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga da’vat etmoqda.

Shunday ekan partiyamizning taklifini qo‘llab-quvvatlash orqali aholining, eng avvalo, yoshlarning sog‘lig‘ini salbiy oqibatlardan himoya qilishga hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlang!

O‘zbekiston Ekologik partiyasiga va nomzodlarimizga ovoz bering!

    Boshqa yangiliklar