AsosiyJamiyat

O‘zbekiston ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi – Sherzodxon Qudratxo‘ja

Zaxarovaning O‘zbekiston ichidagi voqeaga “burun suqishi”ga munosabat bildirildi.

'O‘zbekiston ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi – Sherzodxon Qudratxo‘ja'ning rasmi

Avvalroq, Toshkentdagi maktabda sodir bo‘lgan holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova O‘zbekistondan izoh berishini so‘ragandi. Zaxarovaning O‘zbekiston ichidagi voqeaga “burun suqishi”ga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja munosabat bildirdi.

“Maktablarda kuch ishlatish mutlaqo mumkin emas. O‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Boshqa yurtning mamlakatimiz ichki ishlariga aralashuvi esa mutlaqo va yana bir bor mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas”, deydi Sherzodxon Qudratxo‘ja.

U bu ko‘ngilsiz, tor doiradagi, ya’ni mahalliy darajadagi voqeaga millatlararo va tillararo, qandaydir maqsadga xizmat qiluvchi tus berish mutlaqo mumkin emasligini urg‘uladi. 

“Ushbu videoni ko‘rib, men ham barcha hamyurtlarimiz kabi juda hayratda qoldim.  Buni bilish uchun turli ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga nazar tashlasangiz yetarli.  O‘qituvchining xatti-harakati barchaning g‘azabiga va noroziliklariga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda qaysi tilda gaplashilishidan qat’i nazar barcha fuqarolar teng huquqlidir”, deydi rektor.

U maktabda o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatish umuman aqlga sig‘maydigan holat ekanini va bunga qarshi ekanini bildirdi. Shuningdek, Sherzodxon Qudratxo‘ja bu hodisaga huquqiy baho berilishi va aybdorlar albatta, qonun doirasida to‘liq jazolanishiga hech qanday shubha yo‘qligini qo‘shimcha qildi. 

“Aslo shubha yo‘qki, O‘zbekiston – mustaqil suveren davlat. Va o‘zining ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi. 
Bu mening Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning bayonotiga munosabatimdir. Qolaversa, zikr etilgan davlatning o‘zida ichki hal qilinmagan muammolari yetarlicha”, dedi rektor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.