Qozog‘iston boks federatsiyasi Los-Anjeles – 2028 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish maqsadida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) a’zoligidan chiqib, yangi tashkil etilgan Xalqaro boks federatsiyasiga (World Boxing) a’zo bo‘lmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti ma’lum qildi.
"Hozir boksni Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish masalasi XOQ darajasida muhokama qilinmoqda. Biz boksni Olimpiada oilasida saqlab qolish uchun barcha mamlakatlar bilan hamkorlikka tayyormiz. Bu qaror boksning keyingi rivojlanishiga ta’sir qilishiga ishonamiz. Butunjahon boks bo‘yicha Olimpiya komissiyasi raisi, Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin bilan uchrashuvda mahalliy boksni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi", degan mulozim.