"Hizbulloh" Bayrutda havo hujumida halok bo‘lgan Hasan Nasrulloh o‘rniga yangi rahbarni e’lon qildi. Guruhning yangi rahbari endi Hoshim Safi ad-Din.
Bu haqda Al-Arabiya o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Safi ad-Din guruh rahbari etib tayinlanishidan avval “Hizbulloh” ijroiya kengashini boshqargan va guruhdagi ikkinchi shaxs bo‘lgan.