AsosiyDunyo

Dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram — JSST

Qaramlik darajasi 2018 yili 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga oshgan.

'Dunyoda har o‘ninchi o‘smir ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaram — JSST'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi asrdagi global muammo — ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o‘yinlariga qaramlik oqibatlari haqida hisobot e’lon qildi.  Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unda qayd etilishicha, ushbu muammo tufayli dunyo bo‘yicha har o‘n o‘smirdan biri psixologik qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, ana shu o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik darajasi 2018 yili 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga oshgan. 

“Ana shu o‘smirlarning 12 foizi ruhiyati va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dasturiy o‘yinlar ta’siriga tushib qolgani jiddiy xavotir uyg‘otadi”, — deyiladi hisobotda.

  Mazkur xulosalarni olish uchun 2022 yili Yevropa, Markaziy Osiyo davlatlari va Kanadani qamrab olgan 44 mamlakatda 11, 13 va 15 yoshli 280 mingga yaqin yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qatlamning 11 foizi ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolgan. Bu holat qizlarda (13 foiz) o‘g‘il bolalarga (9 foiz) nisbatan ko‘proq. Kompyuter o‘yinlariga bog‘lanib qolish holati esa o‘g‘il bolalarda (16 foiz) qizlarga (7 foiz) nisbatan yuqori.

Shundan kelib chiqib, ekspertlar muammoning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan hukumatlarga tegishli tavsiyalar berdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 22:40

    Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi

    Ukraina 2025 yil 1 yanvar soat 7:00 dan boshlab, Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilishni to‘xtatadi, chunki bu vaqtda davlatlar o‘rtasidagi kelishuv muddati tugaydi.

    '“Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 21:50

    “Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”

    AQSH Davlat kotibi Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

    'Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 11:03

    Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Duyshonkul Chotonov avval deputat, vazir va Koreyadagi elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    'Korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 21:03

    Korrupsiya Xitoy armiyasini modernizatsiya qilish maqsadlariga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin

    O‘tgan oy Mudofaa vazirligi yuqori martabali harbiy amaldor lavozimidan chetlashtirilgan va "intizomni jiddiy buzganlik" uchun tergovga tortgan. .

    'Ugandada yangi virus epidemiyasi avj olmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 17:28

    Ugandada yangi virus epidemiyasi avj olmoqda

    Sirli kasallik tufayli bemorlar o‘z harakatlarini nazorat qila olmay, xuddi raqs tushganga o‘xshab qaltiray boshlaydi.

    'Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 19.12.2024 16:52

    Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda

    Bu borada mamlakat uchinchi o‘rinda turibdi.