"Bir guruh teokratlar sizning umidlaringizni barbod qilishiga yo‘l qo‘ymang. Siz bundan yaxshirog‘iga loyiqsiz”, — deya ta’kidladi Isroil bosh vaziri. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.
Netanyahu oddiy eronliklarni mamlakatdagi hukmron rejimga qarama-qarshi qo‘yib, Eron rahbariyati ularni kundan-kunga “jarlik tomon” yaqinlashtirayotganini aytdi.
“Agar ular sizga g‘amxo‘rlik qilsalar, Yaqin Sharqdagi behuda urushlarga millionlab dollar sarflashni to‘xtatadilar. Eron ko‘pchilik o‘ylagandan ancha tezroq ozod bo‘ladi. Keyin esa ikki qadimgi xalq – yahudiylar va forslar tinch-totuv yashaydi”, — dedi Netanyahu o‘z murojaatida.