AsosiyJamiyat

Kollejlarda o‘qiyotgan xotin-qizlar grant asosida o‘qishlari mumkin

Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

'Kollejlarda o‘qiyotgan xotin-qizlar grant asosida o‘qishlari mumkin'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xo‘jaligi sohalarida ta’lim olayotgan qizlar to‘liq davlat granti asosida ta’lim olishlari mumkin. 

Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni ko‘rib chiqadi va umumlashtirib, hududiy bo‘linmalarga taqdim etadi.

Hududiy bo‘linmalar umumlashtirilgan ma’lumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) bo‘lgan vazirlik va idoralarga yuboradi.

Tizimida kollej (texnikum) bo‘lgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida ta’lim olishlari uchun mablag‘ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablag‘ ajratadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar