Muassasada otolaringologiya, travmatologiya va ortopediya, somatika, nefrologiya va gemodializ, nevrologiya, reabilitatsiya, palliativ yordam, gastroenterologiya, yuqumli kasalliklar, jonlantirish va diagnostika bo‘limlari hamda laboratoriya mavjud, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
Markazning diagnostika bo‘limi magnitli rezonans tomograf (MRT), multispiral kompyuter tomografi (MSKT), raqamli rentgen, ultratovush tekshiruv apparati (UTT) kabi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
Shoshilinch yordamga muhtoj bemorlarga zarur yordam ko‘rsatish maqsadida bu yerda "Emergency room" xonalari ham tashkil etilgan.