AsosiyJamiyat

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklov olib tashlandi

Seul shahrida hukumat delegatsiyalari o‘rtasida havo transporti bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

'O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklov olib tashlandi'ning rasmi

Kun tartibida bir qator muhim masalalar, jumladan, parvozlar chastotasini oshirish, shuningdek, ikki davlat shaharlari o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan ikki davlat aviakompaniyalari sonini ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Shunday qilib, amaldagi qoidalarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar chastotasi har ikki tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 ta reys darajasida edi.

So‘nggi maslahatlashuvlar chog‘ida ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida ushbu chastotani 12 taga yetkazish, shuningdek, "poytaxt-hudud" va "hudud-hudud" formatidagi parvozlar geografiyasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, har bir tomonda belgilangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklov olib tashlandi. Bu ularga boradigan mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq tegishli parvoz huquqlarini taqdim etadi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi aviatsiya idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Havo transporti bo‘yicha navbatdagi maslahatlashuvlarni O‘zbekistonda o‘zaro kelishilgan sanada o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning Jeju va O‘zbekistonning Samarqand xalqaro aeroportlarida e’lon qilingan maxsus "Ochiq osmon" rejimidan ikki tomon aviakompaniyalarining foydalanishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakuniga anglashuv memorandumi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar