AsosiyJamiyat

Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat'ga nisbatan chora ko‘rdi

Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan.

'Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat'ga nisbatan chora ko‘rdi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi "Shaffof sement sanoat" MCHJ qo‘shma korxonasiga nisbatan manipulyatsiya harakatlarini sodir etgani uchun ta’sir chorasi qo‘llanganini ma’lum qildi.

Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorningda Shaffof sement sanoat tomonidan 2023 yil yanvar-dekabr va 2024 yil yanvar-iyul oylarida 298 ta holatda 20 ming 645 tonna sement birja savdolariga qo‘yilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilgani aniqlangan.

Shuningdek, mahsulot sotilgan kunlardagi narxlar 2023−2024 yillar davomida birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslangan. 298 ta holatda mahsulot narxlarini yuqori qo‘llash natijasida jami 669 mln so‘mga yaqin miqdorda tafovut (farq) holati aniqlangan.

Qo‘mitaning qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, "Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish" harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.

Yuqoridagilarga muvofiq, Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining maxsus komissiyasi tomonidan "Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan Shaffof sement sanoat qo‘shma korxonasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 23:21

    'Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 22:31

    'O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 21:27

    O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” shiori ostidagi “Ma’rifat karvoni” yakuni bo‘yicha “Erishilgan yutuq va kamchiliklar: istiqboldagi rejalar” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

    'Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:49

    Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi

    Prezident farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

    'Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:32

    Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi

    Direktor IIB xodimlari tomonidan xizmat xonasida sheriklari bilan qo‘lga tushgan.

    'Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:25

    Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi.