Dubaydan Turkiyaning Izmir aeroportiga uchib kelgan 6 nafar o‘zbekistonlik ayolning 18 kilogramm 500 gramm kuyma oltini musodara qilindi. Bu haqda Turkiya OAVlari xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 oktyabr kuni Izmir aeroportining chiqish nuqtasida to‘xtatilgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi va kutib olish uchun kelgan 2 mashina ichida tintuv o‘tkazilgan.
Natijada 82 ta har biri taxminan 110 gramm og‘irlikda bo‘lgan kuyma oltin, 18 ta pleysteyshn, 3 ta Iphone-16 musodara qilingani.
Shuningdek, gumonlanuvchilarga yordam bergan 7 kishi ham hibsga olingan.