AsosiyDunyo

Fransiya Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligiga ko‘maklashishga tayyor

Эммануэль Макрон Эрон раҳбари Масъуд Пезешкиён билан телефон орқали мулоқотда Париж Ҳормуз бўғозида кемаларнинг хавфсиз ҳаракатланишини таъминлашга ёрдам беришга тайёрлигини билдирди.

'Fransiya Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligiga ko‘maklashishga tayyor'ning rasmi

Fransiya prezidenti suhbat tafsilotlarini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. U Eron rahbarini Islomobod shahrida boshlangan muzokaralar imkoniyatlaridan foydalanishga chaqirgan. Makronning ta’kidlashicha, bu jarayon vaziyatni deeskalatsiya qilish va barcha ishtirochi davlatlar uchun mintaqada ishonchli xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaydigan kelishuvga yo‘l ochishi mumkin.

“Men Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi erkinligi va xavfsizligini tezroq tiklash zarurligini ta’kidladim, Fransiya bu jarayonda ko‘maklashishga tayyor”, — dedi Fransiya prezidenti.

Shuningdek, u o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga, jumladan Livanada ham to‘liq amal qilish muhimligini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar