AsosiySport

Futbol o‘yini sabab poytaxtdagi bir nechta ko‘chalar yopiladi

Bugun O‘zbekiston va Eron o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

'Futbol o‘yini sabab poytaxtdagi bir nechta ko‘chalar yopiladi'ning rasmi

Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan bugun soat 16:00 dan soat 22:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

▪️Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
▪️Chilonzor ko‘chasining KHAYdan Muqimiy ko‘chalari orasidagi qismida.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.

    Boshqa yangiliklar