AsosiyJamiyat

9 oyda qancha ipoteka kreditlari ajratilgani ma’lum qilindi

Ipoteka krediti olganlarning 63 foizi erkaklar, 37 foizi xotin–qizlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

'9 oyda qancha ipoteka kreditlari ajratilgani ma’lum qilindi'ning rasmi

Markaziy bank 2024 yilning to‘qqiz oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston aholisiga 11,72 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 42 ming 790 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan bo‘lib, ularning 27,1 ming nafari (63 foizi) erkaklar, 15,6 ming nafari (37 foizi) xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ipoteka kreditlarining 65 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 35 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 65 foizini 31–50 yoshlar oralig‘idagi insonlar, 27 foizini 18–30 yoshdagilar, 8 foizini 50 yoshdan yuqori bo‘lganlar olgan.

Yanvar–sentyabr oylarida “Yangi tartib” dasturi bo‘yicha mamlakatning 23,7 ming fuqarosiga 6,07 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Eng ko‘p kreditlar Toshkent shahri aholisiga berilgan — 3 536,9 milliard so‘m. Keyingi o‘rinlarda:

  • Samarqand viloyati (1019,2 milliard so‘m);
  • Farg‘ona viloyati (1011,4 milliard so‘m);
  • Andijon viloyati (834,7 milliard so‘m);
  • Navoiy viloyati (748,8 milliard so‘m);
  • Toshkent viloyati (648,7 milliard so‘m).
  • Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 2024 yilning to‘qqiz oyida tijorat banklari tomonidan aholiga 11,7 trillion so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 16, 9 trillion so‘m, 2022 yilda 14,4 trillion so‘m, 2021 yilda 9,8 trillion so‘m, 2020 yilda 9,1 trillion so‘mni tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.