AsosiyJinoyat

Buxoroda erkak ikki kishini pichoqlab tashladi

Yigit vafot etgan, ayol esa shifoxonada.

'Buxoroda erkak ikki kishini pichoqlab tashladi'ning rasmi

Kecha, 13 oktyabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida 53 yoshli A. G. mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida tanishlari  61 yoshli N.A. hamda 29 yoshli U. D.larni qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Natijada U.D. shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam kurstilmoqda. 

 Mazkur holat yuzasidan 13.10.2024 yilda Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Gulyamovga nisbatan JKning 25, 97 - moddasi 2 - qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida  ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar