AsosiyDunyo

Yakutiyada An-3 samolyoti halokatga uchradi

Halokatga dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

'Yakutiyada An-3 samolyoti halokatga uchradi'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi samolyot Olekminsk shahridan bir yarim kilometr uzoqlikda “favqulodda qo‘nishni amalga oshirganini” ma’lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Departament tomonidan chop etilgan fotosuratlarda samolyot o‘rmonga qulagani va jiddiy zarar ko‘rgani ko‘rsatilgan.

 An-3 bortida besh kishi — ikki yo‘lovchi va uch ekipaj a’zosi bo‘lgan. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi. Tergov qo‘mitasi tomonidan havo transporti harakati xavfsizligini buzish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 Xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan Baza Telegram kanalining xabar berishicha, halokatga dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar