AsosiyJamiyat

Namanganda manyovr oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib tushgan yigit vafot etdi

Holat Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan.

'Namanganda manyovr oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib tushgan yigit vafot etdi'ning rasmi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Holat 2 oktyabr kuni soat 16:00 atrofida tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan.

"VAZ-2107" haydovchisi do‘stini mashina yukxonasiga o‘tqizib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan. Oqibatda yerga yiqilgan yigit turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muojalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan ish ochilgan.

    Boshqa yangiliklar