AsosiyJamiyat

Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi

Raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

'Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi'ning rasmi

“Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-357-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:

  • quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:
  • faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;
  • kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard so‘mdan oshmagan;
  • inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;
  • raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori o‘sish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati bo‘lgan biznes modelga ega;
  • startap loyihalar ekotizimi platformasida ro‘yxatdan o‘tgan;
  • startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamg‘armalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar.

    Boshqa yangiliklar