AsosiyJamiyat

Kichik tadbirkorlar ko‘proq qaysi sohalarni afzal ko‘rishmoqda?

Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 399 031 ta kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud.

'Kichik tadbirkorlar ko‘proq qaysi sohalarni afzal ko‘rishmoqda?'ning rasmi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yil 1 oktyabr holatiga jami 399 031 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • savdo sohasida – 151 265 ta;
  • sanoat sohasida – 63 120 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 35 069 ta;
  • qurilish sohasida – 30 329 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 492 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 16 576 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 9 998 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 674 ta;
  • boshqa sohalarda – 54 508 ta.

    Boshqa yangiliklar