AsosiyJamiyat

Xorijda qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyadan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

'Xorijda qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Ulardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududidan keltirildi.

Agentlik voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlarini o‘rganib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganini baholamoqda.

Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. 

Ta’kidlanishicha, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgan. Yaqin kunlarda RFdan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:07

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:03

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:01

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:45

    'O‘zbekistonda ayol-uchuvchilar uchun maktab ochilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:40

    O‘zbekistonda ayol-uchuvchilar uchun maktab ochilishi rejalashtirilmoqda

    Germaniyalik uchuvchi ayol Elli Danington Xiva uzra parvoz qilib o‘zining dunyo rekordini yangiladi.