AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi

Viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi.

'Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

Toshkent viloyati aholisiga transport xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinadi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev topshiriq berdi.

Viloyat transport boshqarmasi aholi fikrini o‘rganib, uning asosida viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahrini viloyatning barcha shahar va tumanlari bilan bog‘laydigan yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etadi.

Qayd etilishicha, yangi tashkil etilayotgan yo‘nalishlar uchun Nurafshon shahri yo‘lovchi transportining logistika markazi bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar