AsosiyJamiyat

Maoshi kam fuqarolar daromad solig‘idan ozod etilishi kerak

O‘zLiDeP ilgari surayotgan bu taklif qonun normasiga har tomonlama mos keladi.

'Maoshi kam fuqarolar daromad solig‘idan ozod etilishi kerak'ning rasmi

Saylov kuni yaqinlashgani sayin elektorat vakillari siyosiy partiyalar ilgari surayotgantakliflarga tobora ko‘proq e’tibor qaratayotgani hech kimga sir emas. Bunda, ayniqsa, islohotlar muvaffaqiyati uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan O‘zLiDeP o‘rtaga tashlayotgan tashabbuslar hammaning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Muayyan g‘oya ahamiyati uning insonlar kundalik hayotiga nechog‘li yaqin-yiroqligi bilan bog‘liq xolis mezonlar asosida baholanishi hammaga ma’lum. Shu ma’noda, partiyadoshlarimiz olib chiqayotgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch barobarigacha bo‘lgan oylik maoshini daromad solig‘idan ozod etishetish bilan bog‘liq jo‘yali taklif ko‘pchilik saylovchilar uchun ayni muddaodir, desak mubolag‘a qilmaymiz.

Daromadi nisbatan kam bo‘lgan aholi toifalarini manzilli qo‘llab-quvvatlash, xususan, maoshi oz kishilarning daromad solig‘idan ozod etilishi ijtimoiy hayotda dolzarb o‘rin tutadi. Bu degani fuqarolar oyliklarining 3 million 465 ming so‘mgacha bo‘lgan qismiga daromad solig‘i qo‘llanilmaydi. Buning natijasida majburiy ushlanmalar kamayib, har oyda qo‘shimcha 400 ming so‘mdan ziyodroq mablag‘ga ega bo‘ladi.

Aslida odamlarning real daromadlariva ularning xarid qobiliyatini oshirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi sonini ko‘paytirish jarayonlari O‘zLiDeP maqsadlariga mos keladi. Bu borada esa qonunlar orqali belgilanadigan soliq imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni yo‘nalishdagi xorijiy tajriba atroflicha o‘rganilgani e’tiborga molik. Ushbu tajriba hozir Avstraliya, Germaniya, Braziliya va bosh davlatlarda ham qo‘llaniladi.

Modomiki, jismoniy shaxslarning daromadlari uchun soliqqa tortilmaydigan “minimum” miqdorni oshirishijtimoiy tengsizlikning oldini olishga, kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashadi. Boshqacha aytganda, soliqqa tortishning oqilona tizimi kam daromadli fuqarolarning kambag‘allar toifasiga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

O‘zLiDeP ilgari surayotgan bu taklif O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak”, degan qat’iy normasiga har tomonlama mos kelishini ham unutmaslik lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.