AsosiySiyosat

Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 145-davlat hisoblanadi.

'Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ugandaning birinchi elchisi Mozes Kavaaluuko Kizigeni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi Mozes Kavaaluuko Kizige janoblari Toshkentga keldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Biz Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaymiz va 2027-2029 yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan o‘rin oldi".

Eslatib o‘tamiz, Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 145-davlat hisoblanadi.

 Tegishli qo‘shma kommyunike 2024 yil 18 yanvar kuni Uganda poytaxti Kampala shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining Qo‘shilmaslik harakatining vazirlar yig‘ilishida ishtiroki chog‘ida imzolangan.

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 16.10.2024 19:10

    Shavkat Mirziyoyev yo‘l xo‘jaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

    Bugungi kunda 4 ming 700 ta ko‘prik ta’mirtalab holatda. Uch yillik dastur ishlab chiqib, ularni bosqichma-bosqich ta’mirlash vazifasi qo‘yildi.

    'Koreya korporatsiyasi Jizzaxda chiqindini qayta ishlash zavodini quradi'ning rasmi

    Siyosat 16.10.2024 11:45

    Koreya korporatsiyasi Jizzaxda chiqindini qayta ishlash zavodini quradi

    Bu bo‘yicha 6,2 mln dollarga teng bo‘lgan 4 yillik grant loyiha bitimi imzolandi.

    'Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 16.10.2024 08:36

    Rahmatulla Nurimbetov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi

    Avvalgi Elchi sal avval lavozimidan ozod etilgan edi.

    'Prezident xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 15.10.2024 11:51

    Prezident xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman ishtirokchilariga davlat rahbari tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

    'Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi'ning rasmi

    Siyosat 15.10.2024 11:33

    Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi

    Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatida yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    '2 milliard dollarlik 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berildi'ning rasmi

    Siyosat 14.10.2024 21:53

    2 milliard dollarlik 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berildi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarga minnatdorlik bildirib, ishlariga muvaffaqiyat tiladi.