AsosiyDunyo

Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi

Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratiladi.

'Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

28-29 oktyabr kunlari Rossiya TIV rahbari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. 

Qayd etilishicha uning tashrif kun tartibida Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi, shuningdek, ushbu mamlakat tashqi siyosat departamenti rahbari bilan ham muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.

Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari, xususan, joriy yilning 26-28 may kunlari Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga qaratiladi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning YEOIIda kuzatuvchi maqomi hisobga olingan holda Yevroosiyo integratsiyasi jarayonlarini diplomatik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham fikr almashiladi. 

Shuningdek, Sergey Lavrovning O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbati rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar