AsosiyJamiyat

Angrenda noqonuniy ovlangan 700taga yaqin baliq aholiga tarqatildi

Baliq ovidagi mashina esa jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi.

'Angrenda noqonuniy ovlangan 700taga yaqin baliq aholiga tarqatildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 24 oktyabr kuni nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tadbir davomida 1994 yil Angren shahrida tug‘ilgan fuqoro U.D tomonidan shaharning Gulbog‘ MFY hududidan oqib o‘tuvchi Ohongaron daryosidan noqonuniy ravishda leskali to‘r yordamida 656 dona qorabaliq (marinka) ovlayotgan holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha hayvonot dunyosiga 49 milion so‘m ortiq  zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu borada to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyat prokuroturasiga yuboriladi. 

Shu bilan birga noqonuniy baliq ovidagi avtotransport vositasi shahardagi jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi hamda daliliy ashyo sifatida olingan baliqlar mahalla hududidagi oilalarga tarqatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar