AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda taksichi voyaga yetmagan qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi

Haydovchi qizga shaxsiy savollar berib, yovuz niyatini amalga oshirish uchun yo‘nalishni o‘zgartirgan.

'Qashqadaryoda taksichi voyaga yetmagan qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi'ning rasmi

Nemolchi.uz kanalining xabar berishicha, voqea 26 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Qiz dugonasi bilan sayr qilib uyga taksida qaytayotganda haydovchi qizga shaxsiy savollar berib, keyin yo‘nalishni o‘zgartirgan.

Qiz qayerga olib ketayotganini so‘raganda, uni sayr qildirtirmoqchi ekanligini aytgan. Jabrlanuvchini shahar tashqarisiga olib chiqib, mashinani to‘xtatgan. So‘ng qizning telefonini olib qo‘ygan va unga zo‘ravonlik qilmoqchi bo‘lgan.

Qizning keskin qarshiligidan so‘ng uni shaharga qaytargan va telefonini qaytarib berib, do‘st bo‘lish talabi bilan mashinadan tushirgan.

Shundan so‘ng voyaga yetmagan shaxs huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ular taksi haydovchisini topib berishni va’da qilib, uning arizasini qabul qilishmagan.

Biroz vaqt o‘tgach, jabrlanuvchi ariza yozish uchun yana militsiyaga borgan. Keyin uni yana uyiga jo‘natib, ariza yozishga hojat yo‘qligini, mutaxassislar gumonlanuvchini kameralardan qidira boshlashganini aytishgan.

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha hozirda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan sakrab, joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:34

    Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan sakrab, joniga qasd qildi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:02

    Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?

    Darakchi.uz so‘ngi vaqtlarda ko‘pchilikni e’tiroziga sababchi bo‘layotgan holat yuzasidan yozilgan maqolani e’tiboringizga havola etadi.

    'Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 20:57

    Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi

    7 qavatli uyning tomidan 2 nafar o‘smir o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgan.

    'Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:56

    Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi

    Holat tafsilotlari ochiqlandi.

    'Kuvaytdagi noyob yoqut toshlar O‘zbekistonga olib kelinadi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:39

    Kuvaytdagi noyob yoqut toshlar O‘zbekistonga olib kelinadi

    “Islom meroslari uyi” va “Toriq Rajab muzeyi”ga ilmiy-ijodiy safar qilindi.

    'Andijonda pichoqlab o‘ldirilgan marhum inspektor mukofotlandi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:34

    Andijonda pichoqlab o‘ldirilgan marhum inspektor mukofotlandi

    Medal viloyat hokimi tomonidan marhumning oila a’zolariga topshirildi.