AsosiyJamiyat

Farg‘onada vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan 13 yoshli bolani tok urdi

Hozirda bemorning holati dinamikada yaxshilanib borayotgani aytildi.

'Farg‘onada vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan 13 yoshli bolani tok urdi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 7 sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 28 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Bola Bag‘dod tumanida joylashgan 61-sonli umumta’lim maktabining 7-sinfida tahsil olgan. U belgilanmagan joydan o‘tib, vagon ustiga rasmga tushish uchun chiqqan.

“Bolaning ahvoli juda og‘ir edi. Ko‘rsatilgan yordamlardan so‘ng, zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga olib chiqildi. Tananing yuz, bo‘yin ko‘krak, qorin, qo‘l va son sohalarining 50 foiz atrofida elektr tokidan kuyishi, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Hozirda bemorning holati dinamikada yaxshilanib bormoqda”, – deydi shifokor.

    Boshqa yangiliklar