AsosiySport

Ulug‘bek Rashitov jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi

2024 yilgi Parij Olimpiadasining kumush medal sovrindori Svetlana Osipova reyting jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.

'Ulug‘bek Rashitov jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi'ning rasmi

Butunjahon tayekvondo ittifoqi noyabr oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib o‘rinlarni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov  68 kilogramm vaznda jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

2024 yilgi Parij Olimpiadasining kumush medal sovrindori, ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida yurt sharafini himoya qilgan Svetlana Osipova reyting jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar