AsosiyJamiyat

Qo‘qonda psixotrop dori savdosi bilan shug‘ullanib yurganlar qo‘lga olindi

2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 1 359 dona “Tropikamid”, 3 360 dona “Regapen” va 10 dona “Selofen” nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlangan.

'Qo‘qonda psixotrop dori savdosi bilan shug‘ullanib yurganlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan “BESTUNE T 99” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.X. va boshqalarga tegishli 2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 1 359 dona “Tropikamid”, 3 360 dona “Regapen” va 10 dona “Selofen” nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar