AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi xususiy klinikada 28 yoshli ayol vafot etdi

Ayolning anginasi shishib ketganligi sababli uning bo‘yiniga "Seftriakson" va "Deksametazon" dori vositalari aralashmasidan in’eksiya yuborilgan.

'Qashqadaryodagi xususiy klinikada 28 yoshli ayol vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 8 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi klinikalarning birida 28 yoshli ayol qilingan antibiotik ukoldan so‘ng vafot etgan aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 6 noyabr kuni soat 11:00 atrofida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashagan fuqaro 1996 yilda tug‘ilgan B.N. (ayol) xususiy poliklinikaga anginasi shishib ketganligi bo‘yicha murojaat qilgan.

Xususiy klinikaning lor shifokori I.J. tomonidan ayolning tomog‘i shishib yiringlaganligi sababli uning tomoq qismidan "Seftriakson" va "Deksametazon" dori vositalari aralashmasidan in’eksiya yuborilganida bemor B.N.ning tili tortilib ketgan. Voqea joyida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan bemorning sog‘lig‘i yomonlashib hodisa joyida vafot etgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga Shahrisabz shahar prokuraturasi tergovchisi rahbarligida tergov tezkor guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 17:23

    "Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi

    Sanjar Sattarov rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 16:23

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 13:50

    O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi

    Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

    '1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 09:31

    1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

    1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

    '“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 09:23

    “Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

    Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 08:05

    Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

    Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.