AsosiyJamiyat

Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda

Avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

'Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

30 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining "Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlaridagi xarajatlarni kompensatsiya qilish;
  • xarajatlarni qoplash uchun arizalarni ko‘rib chiqish;
  • zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.

Tijorat asosida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yo‘nalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yo‘nalishlari reyestri yuritiladi. 2025 yil 1 fevraldan boshlab, subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun tashuvchi YAIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Mas’ul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatiladi. Subsidiya berishni belgilanmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:49

    Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi

    G‘oliblar orasida Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ibrohimova Rayyona ham bor.

    'Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:32

    Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda

    Mardon Yoqubov shtamplar, muhrlar tayyorlash va ularni qalbakilashtirishda ayblanib, jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan.

    'Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:40

    Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

    Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlandi.

    'Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:26

    Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi

    MBning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rib chiqildi.

    'Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:18

    Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    SES bo‘limi boshlig‘i shifokorlar bolaga qo‘ygan talvasa sindromi tashxisi noto‘g‘ri ekanligini aytib, uni ovqatdan zaharlanish sabab vafot etganligini ta’kidladi.

    'O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:47

    O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

    O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohi Osiyoda 159-o‘rinda, Markaziy Osiyoda 7-o‘rinda qayd etildi.