AsosiySport

O‘zbekiston MMA jamoasi dunyoda tengsiz bo‘ldi

MMA jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘ardi.

'O‘zbekiston MMA jamoasi dunyoda tengsiz bo‘ldi'ning rasmi

O‘zbekistonda ilk bor mezbonlik qilgan aralash jang san’ati (MMA) turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Miliiy oshimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Hamyurtlarimiz murosasiz bahslar davomida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Yoshlarimiz ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Yoshlarimiz shiddatli bellashuvlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘ardilar.

Oltin medal:

-65.8 kg: Zafarjon Asatov

-97 kg: Mirjalol Uralov

-65.8 kg: Muzayana Sadriddinova

-79.4 kg: Xurshida Roziqova

Kumush medal:

-52.2 kg: Firdavs Atamuradov

-83.9 kg: Sarvarbek Hasanov

-70.3 kg: Ra’no Nasriddinova

-74.8 kg: Mahliyo Abdumannopova

Bronza medal:

-56.7 kg: Shohjahon Temirov

-61.2 kg: Ilhomjon Borisov

-65.8 kg: Suhrob Boymatov

-88.4 kg: Islombek Quvonchiyev

-93 kg: Yusufboy Ahmedov

-97 kg: Mirzohid Sobirov

+97 kg: Muhsinjon Mo‘minjonov

-65.8 kg: Odinaxon Abdug‘aniyeva

-74.8 kg: Shohsanam Amaniyazova

-79.4 kg: Xadichabonu Tursunqulova

    Boshqa yangiliklar