AsosiyJamiyat

Bedarak yo‘qolgan parkentlik 23 yoshli ayolning jasadi Yuqori Chirchiq tumanidagi kanaldan topildi

Marhuma bir necha kun avval uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

'Bedarak yo‘qolgan parkentlik 23 yoshli ayolning jasadi Yuqori Chirchiq tumanidagi kanaldan topildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi, bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan 23 yoshli ayolning jasadi Qorasuv kanalidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan. Uning turmush o‘rtog‘i 6 noyabr kuni tuman IIBga murojaat qilib, ayolini qidirishda yordam so‘ragan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi 10 noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor shaharchasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanalidan topilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari odib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar