Saudiya Arabiston Qirolligining “Flyadeal” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabiston Qirolligio‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2024 yil 14 noyabrda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Flyadeal” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Jidda – Toshkent – Jidda, Madina – Toshkent – Madina va Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.
Parvozlar A320 havo kemasida amalga oshiriladi.