AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan xodim ushlandi

Aeroport xodimi 1500 AQSH dollari olayotganida qo‘lga olingan.

'Toshkent aeroportiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan xodim ushlandi'ning rasmi

Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1500 dollar pora olgan xodim qo‘lga olindi

Toshkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportda firibgarlik holati fosh etildi. 

Aeroport xodimi R.M. fuqarolarni ishga joylashtirish bahonasida 1,5 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ayni paytda ayblanuvchi qamoqqa olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, pora bermoqchi bo‘lgan jabrlanuvchi ham o‘z harakatlari yuzasidan sudga tushuntirish berishi talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar