Ayni paytda Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.
Sessiya ishida viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.
Uning o‘rniga Raimov Ravshan Isakdjanovich – Yangiyo‘l shahri hokimi etib tayinlandi.
R. Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.
U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.






