AsosiyDunyo

Komadagi ayol erining so`zlaridan keyin o`ziga keldi

Lindaning komaga tushib qolishi barcha oila a`zolari uchun dahshatli voqea bo`ldi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Stiven Svop onasi Lindani hushsiz holda topdi. 45 yoshli ayol 12 kun davomida komada hushsiz yotdi, vrachlar ayolga ulangan hayot bilan ta`minlovchi apparatni uzish uchun oilasidagilardan ruxsat so`radi.

Lindaning tana a`zolarini boshqa odamlarga ko`chirib o`tkazish uchun donorlik qilish istagini bilgan farzandlari va turmush o`rtog`ining bir qarorga kelishi qiyin bo`ldi.

Lindaning ko`zlari yumuq bo`lsa-da, yoniga kelib, u bilan vidolashayotgan farzandlarining ovozini eshitib turdi. U hatto vrachlarning o`zi haqidagi fikrlarini ham eshitdi. Eri uning qulog`iga “Sen kurashishing kerak, kurash...”, deb shivirladi va so`nggi bora bo`sa olish uchun engashdi. Shunda mo``jiza ro`y berdi, apparat uzilgandan keyin, ayol o`ziga keldi va “men kurashaman”, deb ko`zlarini ochdi.

Hozirda ayol batamom sog`ayib ketdi, uning aytishicha, erining vidolashuv so`zlari uni hayotga qaytargan:

“Odam  hushdan ketdi, degani u eshitmayapti, degani emas, – dedi ayol. – Shuning uchun yaqin insoningiz boshiga mushkul ish tushganda, qo`llab-quvvatlang, shirin so`zlaringizni ayamang, u sizni albatta eshitadi!”

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar