AsosiyJamiyat

Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirishni taklif etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zladi.

'Prezident parlamentda muxolifatni jonlantirishni taklif etdi'ning rasmi

Davlat rahbari, yangi davrda parlament chinakam xalq uyi, uning quyi palatasi esa g‘oyalar generatoriga, sog‘lom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerakligini ta’kidladi.

O‘tgan saylovlarda siyosiy partiyalarning dasturi ham, g‘oyalari ham bir-biridan farq qildi, turli siyosiy mafkuralar kurashi yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Xususan, saylovlar jarayonida ko‘plab debatlar tashkil etilganini xalqimiz va xalqaro kuzatuvchilar alohida e’tirof etdi.

Prezidentimiz parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.

Buning uchun parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni taklif qildi.

Saylovlardagi sog‘lom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga ko‘chib o‘tsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Parlament nazorati, avvalo, siyosiy nazoratdir, uning oqibati ham siyosiy mas’uliyat bilan bog‘liqdir. Prezident Qonunchilik palatasiga Hukumat a’zosi hisobotini eshitib, uning yakunlariga ko‘ra, ushbu rahbarni iste’foga chiqarish to‘g‘risida Prezidentga taklif kiritish huquqi berilganini eslatib o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Islom sivilizatsiyasi markazida “Yevroosiyo islom qo‘lyozmalari” elektron katalogi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2025 20:55

    Islom sivilizatsiyasi markazida “Yevroosiyo islom qo‘lyozmalari” elektron katalogi tashkil etiladi

    Mazkur loyiha nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham keng qamrovga ega hisoblanadi.

    'Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2025 20:12

    Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

    Yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk kompleksi 5,2 gektar maydonda joylashgan.

    'Istanbuldagi Bosh konsulxona fuqarolarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2025 19:48

    Istanbuldagi Bosh konsulxona fuqarolarni ogohlantirdi

    Turli norozilik namoyishlari va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani munosabati bilan o‘zbekistonliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi.

    'O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2025 19:26

    O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

    Suhbatda amaliy hamkorlikni kengaytirish rejalari muhokama qilindi.

    'Andijon aeroporti muntazam reyslarni qayta tikladi'ning rasmi

    Jamiyat 20.03.2025 19:19

    Andijon aeroporti muntazam reyslarni qayta tikladi

    20 mart kuni Andijon xalqaro aeroporti "Silk Avia" aviakompaniyasining birinchi yo‘lovchisini qabul qiladi.

    'Prezident maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2025 20:47

    Prezident maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.