AsosiyJamiyat

Namangandagi 4 ta “zapravka”da sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Hududlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

'Namangandagi 4 ta “zapravka”da sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Namangan viloyatidagi 4 ta AYOQSHda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi. Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya" matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamkorligida Namangan viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Namangan tumanida joylashgan "E.P." va “X-2000” MCHJlarga qarashli 2 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Bu kabi holat Namangan shahridagi “V.A.” MCHJ hamda Chortoq tumanidagi "G‘.H." MCHJlarga qarashli AYOQSHlarda ham neft mahsuloti sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.