AsosiyJamiyat

Ellikqal’a va G‘ijduvon tumanlarida hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

DXX jinoyat tafsilotlarini ma’lum qildi.

'Ellikqal’a va G‘ijduvon tumanlarida hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda joylarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar qildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 33 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiyanomalar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 1 mlrd. 88 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishiga muvaffaq bo‘lgan.

So‘ngra o‘zining tanishi bo‘lgan fuqaro nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkilib qilib, amalda uni norasmiy tarzda boshqarib, 1 mlrd. 88 mln. so‘mni go‘yoki turli xil mahsulotlar xarid qilish uchun mazkur MCHJ hisob raqamiga o‘tkazgan va naqdlashtirish orqali talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, hokim yordamchisi o‘zining turmush o‘rtog‘i va singlisi nomiga olingan jami 65,9 mln. so‘m kredit mablag‘larini ham maqsadsiz sarflab yuborgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘ijduvon tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 26 nafar fuqaroga yirik va mayda shoxli chorva mollari sotib olishlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiyanomlar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 821 mln. 858 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishiga erishgan.

So‘ngra mazkur fuqarolarni aldab, kredit mablag‘lari evaziga ta’minotchi korxonlardan 26 kishi uchun ajratilgan chorva mollarini soxta hujjatlar asosida qabul qilib, ularni boshqa shaxslarga sotib yuborish orqali 821 mln. 858 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda ota-bolalar is gazidan vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 17:04

    Namanganda ota-bolalar is gazidan vafot etdi

    Onaning hayoti saqlab qolingan.

    'Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 15:23

    Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi

    Amaldagi Hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

    'Andijonda Bobur haykali o‘rniga savdo majmuasi qurish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 15:01

    Andijonda Bobur haykali o‘rniga savdo majmuasi qurish rejalashtirilmoqda

    Haykalni ko‘chirish yuzasidan Boburshunos hamda oqsoqollar xulosasi olingan.

    'Buxoroda saksovul o‘g‘rilari qariyb 40 mln so‘m jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 14:51

    Buxoroda saksovul o‘g‘rilari qariyb 40 mln so‘m jarimaga tortildi

    Ekologiya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reydda saksovulni noqonuniy kesish bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlari qayd etildi.

    'Narzullo Oblomuradov universitet rektori lavozimiga tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 14:26

    Narzullo Oblomuradov universitet rektori lavozimiga tayinlandi

    Bungacha u Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori edi.

    'Tanzila Narbayeva Senat raisi etib saylandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.11.2024 13:18

    Tanzila Narbayeva Senat raisi etib saylandi

    Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayev uning o‘rinbosarlari lavozimiga tavsiya etildi.