AsosiyJamiyat

Tanzila Narbayeva Senat raisi etib saylandi

Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayev uning o‘rinbosarlari lavozimiga tavsiya etildi.

'Tanzila Narbayeva Senat raisi etib saylandi'ning rasmi

Majlisda Senat raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqilmoqda

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.

Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani ta’kidlandi.

Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar