AsosiyJamiyat

Bugun ham 6 ta viloyatda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat biroz pasayadi.

'Bugun ham 6 ta viloyatda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, ertalab Toshkent viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda  vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar