AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi

Hodisa viloyatda ilk bor kuzatilgan.

'Toshkent viloyatida salkam 7 kg.lik chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

Nurafshon shahar Tug‘ruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi.

Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning ikkinchi farzandidir.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida. Bunday holat Toshkent viloyatida  birinchi bor kuzatilayotganini ta’kidlaydi.

    Boshqa yangiliklar