AsosiyJamiyat

Bugun kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.

'Bugun kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda  vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar