AsosiyDunyo

“Hizbulloh” omborlaridan Rossiyada chiqarilgan qurollar topildi — OAV

Qurollar 2020 yilda ishlab chiqarilgani atilmoqda.

'“Hizbulloh” omborlaridan Rossiyada chiqarilgan qurollar topildi — OAV'ning rasmi

Nashrga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida oldinga siljib, “Hizbulloh” guruhiga tegishli binolarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan katta miqdordagi qurol-yarog‘ zaxiralarini topdi. Bu haqdaThe Wall Street Journal xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, qurollar orasida 2020 yilda ishlab chiqarilgan va Rossiyaning Suriyadagi omborlari orqali Livan janubiga yetib kelgani taxmin qilinayotgan zamonaviy “Kornet” tankga qarshi raketalari ham bor.

"Biz ruslarga bundan buyon isroilliklarga zarar yetkazuvchi “Hizbulloh” va Eronga beriluvchi har qanday yordamga toqat qilmasligimizni bildiramiz", — deya  munosabat bildirdi Isroilning Rossiyadagi sobiq elchisi Arkadiy Milman. 

    Boshqa yangiliklar