AsosiyJamiyat

“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi

"Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan.

'“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi'ning rasmi

“Umra” tadbirlarini tashkil uchun litsenziya berish bo‘yicha tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq 12 ta tur firma tanlov g‘olibi deb topilgan. 

Sayyohlik firmalarining 6 tasi Toshkent shahrida, 3 tasi Namangan viloyatida joylashgan. Shuningdek, Xorazm, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham bittadan litsenziyaga ega firmalar joylashgan. 

Litsenziyada ko‘rsatilmagan manzil bo‘yicha “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi.

Litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar