AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

'O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi'ning rasmi

Nizom bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

"Vatandosh" guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag‘batlantirish shakli bo‘lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan, respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo‘yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.

"Vatandosh" kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;

Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish;
  • mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
  • xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

Karta egalarining oila a’zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • amaldagi viza muddatini uzaytirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik viza olish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
  • vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:23

    "Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi

    Sanjar Sattarov rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:23

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    '1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:31

    1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

    1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

    '“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:23

    “Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

    Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:05

    Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

    Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.

    'Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:40

    Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib keldi

    Poyezd "Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota" yo‘nalishida yo‘lga chiqqan.