Isroil Bosh vaziri Netanyaxu Livanda Hizbulloh bilan o‘t ochishni to‘xtatilishini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishichv, Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv 27 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan kuchga kirishi kerak.
"Biz Qo‘shma Shtatlar bilan kelishilgan holda harbiy harakatlar uchun to‘liq erkinlikni saqlab qolamiz. Agar “Hizbulloh” kelishuvni buzsa — qurollanishga, infratuzilma qurishga yoki raketa uchirishga harakat qilsa – biz zarba beramiz", — dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.