"O‘zgidromet" 29 noyabr - 1 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, qish fasli kirib kelishi bilan Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.
QORAQALPOG‘ISTON RЕSPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr- 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr- 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq; 1 dekabrda kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq: cho‘l hududlarda 29 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30 noyabr-1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKЕNT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 29 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 noyabr- 1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 noyabrda kechas 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RЕSPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 29-30 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 1 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.